Tanlangan asarlar
Badiiy adabiyotlar

Tanlangan asarlar

О‘lmas Umarbekov asarlari orqali о‘zbek xarakteridagi, milliy mentalitetidagi butun jahon ahli ibrat olsa arzigulik qirralarni g‘oyat mohirlik bilan ochib bera olgan adib sifatida adabiyotimizda о‘z о‘rniga ega. Yozuvchi ma’naviy merosining yana bir о‘ziga xos ahamiyati shundaki, garchi qisqa umri adabiyotimiz SHо‘rolar kommunistik mafkurasi qolipida bо‘lgan davrda kechgan bо‘lsa-da, inson umrining bahor fasliga mengzalguvchi ma’sum orzularga omuxta yoshlik, undagi beg‘ubor sevgi,  mehr-oqibatni tarannum etish orqali о‘sha tuzum, о‘sha mafkura iskanjasidan  qochishga harakat qilgan. О‘quvchilarini ham о‘sha pokiza tuyg‘ular olami sari ergashtira olgan. Natija shuki, oradan qancha yillar о‘tib, davrga monand  mafkuralar о‘zgarsa-da, О‘lmas Umarbekovning asarlari ismiga monand о‘lmas, eskirmas bо‘lib qolgan.