Услуги

Xizmatlar

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi O‘zbek mumtoz adabiyoti, milliy-madaniy meros, hozirgi zamon adabiy, badiiy san’at asarlarini, jahon adabiyoti na’munalarini, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi, umum-ta’lim maktablari uchun darslik, o‘quv qo‘llanmalarini, tasviriy san’at maxsulotlarini, fotoalbomlar, bukletlar, prospektlar, taqvimlar, plakatlar, ko‘rgazmali qurollar, etiketkalarni nashr etadi va targ‘ib qiladi. Nashriyot bir yilda 90mln. list/ottiskdan ortiq adabiyotlarni kitobxonlarga yetkazadi.

Ma’naviyatimiz durdonalari, O‘zbek nasri, O‘zbek nazmi, Nashriyotimiz xazinasidan, O‘zbek mumtoz adabiyoti, bolalar va o‘smirlar adabiyoti, tafakkur yolqinlari kabi o‘nlab ruknlar ostida Alisher Navoiyning o‘n jildlik to‘la asarlar toplami lotin va krill alifbosida bundan tashqari Amir Temur chet elliklar nigohi-da, O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari 100 jildligi, 44 jilddan iborat maktab adabiyoti xrestomatiyasi va yana yuzdan ortiq nomdagi eng sara kitoblar dunyo yuzini ko‘rdi. Nashriyot Moskva, Ashg‘abot, Olmaota, Frankfurt kabi shaharlarda hamda Respublikamizda bo‘lgan kitob ko‘rgazmalarida munosib qatnashib turli darajadagi diplomlar bilan taqdirlangan.

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi sizning buyurtmalaringiz asosida turli matbaa mahsulotlari – kitob, plakat, brashura, buklet, kalendar, konseleriya-qog‘oz mahsulotlari taqdim etadi.

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan mahsulotlar tez muddatda, sifatli va barcha talablar e’tiborga olingan holda tayyorlanishi kafolatlanadi.

Bizning manzilimiz:
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, 100128, Labzak, 86
Tel.: +998 (71) 241-3547, 241-48-67
Faks: +998 (71) 241-8269
E-mail: info@gglit.uz
Veb-sayt: gglit.uz
Telegram: https://t.me/gglit_uz