Tanlangan asarlar
Badiiy adabiyotlar

Tanlangan asarlar

Buxoroi sharifning ardoqli farzandi, atoqli shoir, nosir va dramaturg, О‘zbekiston xizmat kо‘rsatgan san’at arbobi, Davlat mukofoti laureati Omon Muxtorning sara asarlari jamlangan “Tanlangan asarlar” kitobi  nashr etildi.

Adib qalamiga mansub roman, qissa, drama va hikoyalar, adabiy manzaralar, she’r va tarjimalar о‘rin olgan kitob 1000 nusxada chop etildi. Bir muqova ostida jamlangan bu rang-barang ijod namunalarida hassos adibning otashin qalbi sadolari yangrab turadi va beixtiyor kitobxonni ham о‘z olamiga chorlaydi.