Buzrukning kuzi
Badiiy adabiyotlar

Buzrukning kuzi

Gabriel Garsia Markes. “Buzrukning kuzi”

“Buzrukning kuzi” romani nafaqat Nobel mukofoti sohibi Gabriel Garsia Markes ijodida, balki jahon mumtoz nasri tarixida ham muhim o‘rin tutuvchi asar hisoblanadi.
Kitobda yozuvchi zulm, istibdod, jaholat va diktatura tizimining minglab, millionlab fuqarolar qismatini belgilab berishi, kerak bo‘lsa, bir zumda oyoqosti qilib tashlashi mumkinligini buyuk bir kinoya, insonparvarlik ruhi va fusunkor til bilan ifoda etgan.