yangi talqindagi “Shum bola” qissasining taqdimoti
Yangiliklar

yangi talqindagi “Shum bola” qissasining taqdimoti

Oʻzbekiston xalq shoiri, akademik Gʻafur Gʻulom tavalludining 120-yilligi munosabati bilan adib nomidagi nashriyot tomonidan chop etilgan yangi talqindagi “Shum bola” qissasining taqdimoti Gʻafur Gʻulom uy-muzeyida tashkil etildi.

Tadbirda soʻz olganlar Adibning ijodining oʻziga xosliklariga toʻxtalib “Shum bola” qissasi “Barcha davrlarning 100 ta eng buyuk bolalar kitoblari” roʻyxatiga kiritilganligini ham bejizga emasligini taʼkidladilar. Tadbir soʻngida soʻz olgan Olmos Ahmedova yigʻilganlarni hayajonga solib otasi bilan bogʻliq xotiralari haqida gapirib berdi.

Tadbirda taniqli shoir, yozuvchilar, adabiyotshunoslar hamda Toshkent davlat Yuridik universitetining bir guruh talabalari ishtirok etdi.