Odam bо‘lish qiyin
Badiiy adabiyotlar

Odam bо‘lish qiyin

Oʻtgan asrning ikkinchi yarmidagi oʻzbek nasri rivojida Oʻlmas Umarbekovning oʻziga xos oʻrni bor. Uning yoshlar hayoti, maʼnaviy-axloqiy muammolar, insonlarning murakkab munosabatlari haqida yaratilgan roman, qissa va hikoyalari bugungi kunda ham sevib oʻqiladigan asarlaridir. Adib bolalarining bepoyon orzular olami, yoshlarning goh lazzatli, goh iztirobli muhabbati, xiyonati, otalar va bolalar, umuman, tuhfa toifadagi insonlar oʻrtasidagi munosabatlarni gʻoyat chuqur va samimiy tasvirlaydi. Shuning uchun ham adibning asarlari hamon kitobxonlar qalbini rom etib kelmoqda.