1-oktyabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni
Yangiliklar

1-oktyabr Oʻqituvchi va murabbiylar kuni

Respublikamiz boʻylab 1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayram tantanalari allaqachon boshlanib ketdi.

Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi jamoasi ham ushbu bayramga alohida tayyorgarlik koʻrib koʻtarinki kayfiyatda nishonladi.

Nashriyotda uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda ham oʻzlarining boy hayotiy va kasbiy tajribalarini yosh xodimlariga oʻrgatib kelayotgan ustoz maqomidagi faol xodimlar rahbariyat tomonidan alohida eʼtirof etilib qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.