Oʻzbekiston Davlat Jahon Tillar Universitetiga  tashrif
Yangiliklar

Oʻzbekiston Davlat Jahon Tillar Universitetiga tashrif

8-noyabr kuni Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi xodimlari Oʻzbekiston Davlat Jahon Tillar Universitetiga tashrif buyurib, universitet jamoasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Muxammad Chutpulatov, Axborot-resurs markazi direktori S.Kayumova, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi direktor oʻrinbosari Shaxzod Sultonov, nashriyot marketing boʻlimi boshligʻi Jahongir Yoqubov, nashriyot marketing boʻlimi mutaxassisi Bexruz Abdukarimovlar ishtirok etdi.

Muzokara davomida universitet bilan hamkorlik shartnomasini tuzish, Axborot-resurs markazi uchun adabiyotlar xarid qilish, professor-oʻqituvchilar tomonidan yozilgan oʻquv va ilmiy adabiyotlarni nashr etish hamda universitet hududlarida kitob yarmarkalarini oʻtkazish boʻyicha masalalar kelishib olindi.