27-IYUN — MATBUOT VA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XODIMLARI KUNI!

So’z — tarixni yozadi. Qalam — kelajakni yaratadi. Haqiqat esa hech qachon so’nmaydi.   Jamiyat taraqqiyoti, ma’rifat va haqiqat yo’lida […]

So’z — tarixni yozadi. Qalam — kelajakni yaratadi. Haqiqat esa hech qachon so’nmaydi.

 

Jamiyat taraqqiyoti, ma’rifat va haqiqat yo’lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha jurnalistlar, muharrirlar, noshirlar, matbaachilar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlarini chin qalbdan tabriklaymiz!

G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi uchun kitob chop etish shunchaki kasb emas — bu millat ma’rifatiga xizmat qilish, tafakkurni boyitish va kelajak avlod uchun bebaho meros qoldirishdir.

Har bir nashr etilgan kitob — bilim sari tashlangan yana bir qadam.

Bayramingiz muborak bo’lsin! Ilmingiz, qalamingiz va so’zingiz doimo xalq ishonchi hamda yurt ravnaqiga xizmat qilsin!

Share:
Scroll to Top