"Yilning eng yaxshi kitobi" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bо‘lib о‘tdi
Yangiliklar

«Yilning eng yaxshi kitobi» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bо‘lib о‘tdi

Joriy yilning 3–4 avgust kunlari Parkent ijod uyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan «Noshirlar va mualliflar hamkorligi» seminari hamda «Yilning eng yaxshi kitobi» g‘oliblarini taqdirlash marosimi bо‘lib о‘tdi. Tanlovda О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi G‘afur G‘ulom nomidagi NMIU «Eng yaxshi lug‘atlar va ma’lumotnomalar» nominatsiyasi g‘olibi bо‘ldi, DIPLOM bilan taqdirlandi.