Tarix va teatr
Ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va uslubiy adabiyotlar

Tarix va teatr

О‘zbek teatri taraqqiyotining barcha davrlarida tarixiy mavzuga qiziqish katta bо‘lgan. Tarixiy mavzularda yaratilgan asarlar aksar teatr san’ati tarixida bosqich vazifasini bajarib, о‘zbek teatri rivojida yetakchi о‘rinni egallagan. Ushbu kitob tarixiy dramaning bir asrdan ortiqroq davrdagi tarixiy yо‘li xususida muhim ma’lumotlarni beradi. Unda tarixiy dramaturgiyaning yetakchi tamoyillari, asosiy xususiyatlari, bosqichlari, turlari, sahnalashtirish va ijrochilik uslublari bayon qilingan. Kitobdan filologiya, madaniyat va san’at yо‘nalishidagi oliy hamda о‘rta maxsus о‘quv yurtlari talabalari о‘quv qо‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin.