10-may - O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom tavallud topgan kun
Yangiliklar

10-may – O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom tavallud topgan kun

G‘afur G‘ulom 1903-yil 10-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1963-yilda O‘zbekiston xalq shoiri bo‘lgan.

Adib “Dinamo”, “Yigit”, «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar», «Tirik qo‘shiqlar», “Ko‘kan”, “Sizga”, “Chashma”, «Yangi sheʼrlar», “Sheʼrlar”, «O‘zbek elining g‘ururi», «Sharaf qo‘lyozmasi», «Tanlangan asarlar» sheʼriy to‘plam va dostonlari, “Jo‘rabo‘za” hikoyalar to‘plami, «Muxbir sudi» pyesa hamda “Netay”, «Tirilgan murda», “Yodgor”, «Shum bola» kabi qissalar muallifidir.

Asarlari asosida spektakllar va kinofilmlar yaratilgan. “Otello”, «Qirol Lir» singari jahon va rus adabiyoti durdonalarini o‘zbek tiliga tarjima kilgan. U 1966-yil 10-iyulda Toshkentda vafot etgan.

Vafotidan so‘ng, 2000-yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.