«YURAGIMGA YOZILGAN YILLAR» Otiqboy Abdullayev.
“Yuragimga yozilgan yillar” tо‘plamiga yozuvchi va adabiyotshunos, tarjimon, maqolanavis Ortiqboy Abdullayevning qalamiga mansub eng sara asarlar va badialar tanlab olindi. Ular orasida “Achchiq mevalar”, “Turkistonning qora kunlari”, “1968 yilda Samarqand”, “Oshoba fojiasi”, “Xiva bosqini”, “Sо‘z mulkiga sayohat”, “Moviy yuksaklarga men ham bir chiqay”, “Poklanish tafakkurdan, yurakdan boshlanadi”, “Shoir yuragining qaldiroqlari”, “Yaxshi niyat qiling, shoirlar” singari mazmundor, dolzarb maqolalar bor. Kitobga muallifning ijodiy safarlar chog‘ida Moskva arxivlaridan ne mashaqqatlar bilan izlab topgan asarlari – Chor bosqinchilarining yuqori martabali zobitlari, ayniqsa, general Skobelevning yovuz kirdikorlari fosh etilgan lavhalari kiritilgani tо‘plam qimmatini yanada oshiradi.
Mazkur kitob bahonasida tabarruk 80 yoshdan oshgan muallifni chin dildan samimiy tabriklaymiz va unga yanada yuksak muvaffaqiyatlar, ijodiy yutuqlar tilaymiz.