“Osmon toʻla yulduzlar” kitobining taqdimot marosimi
Yangiliklar

“Osmon toʻla yulduzlar” kitobining taqdimot marosimi

Gʻafur Gʻulomning turk tilida chop etilgan kitobi Anqarada taqdim qilindi.

Turkiyaning Anqara Hoji Bayram Vali universitetida Oʻzbekiston xalq shoiri Gʻafur Gʻulom tavalludining 120 yilligiga bagʻishlab, turk tilida chop etilgan “Osmon toʻla yulduzlar” kitobining taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.
Turkiy xalqlar oʻrtasidagi hamkorlik madaniy-gumanitar sohada ham faol rivojlanib borayotgani, turli badiiy asarlarning turk va boshqa tillarga tarjima qilinishi xalqlarimizni yanada jipslashtirish va bir-biriga yaqindan tanitishga xizmat qilayotgani, bunda TURKSOY alohida oʻrin tutayotganini eʼtirof etdi.
Marosimda soʻzga chiqqanlar Gʻafur Gʻulomning ijodiy faoliyati haqida toʻxtalib, turk tilida taqdim etilgan kitob shoirning adabiy merosi bilan kengroq tanishish uchun ajoyib imkoniyat ekaniga urgʻu berishdi.
Taqdimot doirasida Gʻafur Gʻulom haqida film namoyish qilindi.