Habib Abdunazar. «SHAMOL AYTGAN QÒSHIQ».
Mazkur to‘plamda taniqli ijodkorning nasriy asarlari jamlandi. O‘ziga xos zamonaviy adabiy arealga mavjud hayotdan dadillik bilan kirib kelgan dasht odamlari samimiyati, jo‘mardligi bilan kitobxonni lol qoldiradi. Mutolaa jarayonida o‘tmishning bevosita davomi sifatidagi bugungi kun muammolaridan bahs ochgan adabiyotgina kelajakka xizmat qila olishiga ishonasiz.