Odam irodasi mashaqqat va muammolar girdobida toblanadi. Boshqacha aytganda, uning asl qiyofasi, munosib fazilatlari xuddi shunday og‘ir sinovlarda namoyon bo‘ladi.
Taniqli yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshevning “Daryo” romanini mutolaa qilish jarayonida o‘quvchi xayolidan beixtiyor yuqoridagi o‘ylar kechadi. Chunki mazkur asar bizni hayotning chuqur qatlamlariga olib kiradi.
Tirikchilikning quvonchu tashvishlariga sherik qiladi. Kitobxon roman qahramonlari bilan birga yashab, birga nafas oladi. Dillarida yovuzlikka nafrat, ezgulikka muhabbat hislari jo‘sh uradi.
23750 uzs.