Tilning antroposentrik talqinida mental ong, tafakkur, idrok, madaniy munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Frazeologizmlar ko‘chma ma’noga asoslangan lug‘aviy birliklar bo‘lib, frazeologik ma’no asrlar davomida til egasining lisoniy ongi, idrokiga bog‘liq ravishda shakllanib, sayqallanib boradi. Frazeologizmlar milliy tilning barcha ijtimoiy funksiyalarini, milliy qadriyatlarni qamrab oluvchi til birliklaridir. Ularni to‘plash, saqlab qolish, iste’mol doirasini kengaytirish milliy til taraqqiyotini takomillashtirish omillaridan biridir. Ushbu lug‘at ijodkorlar, tadqiqotchilar, magistrantlar, talabalar, o‘quvchi-yoshlar, keng doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, 5198 ta frazeologik birlik izohini o‘z ichiga olgan.
Lug‘atni takomillashtirish maqsadida bildirilgan har qanday fikr mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
