O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati. II jild / G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022.
Mazkur lug‘atda ilk marta ona tilimizning boyligi hisoblangan leksik sinonimlarning keng qamrovli leksikografik talqini amalga oshirildi. Lug‘atdan leksik sinonimlarning leksikografik izohlari, sinonimik qatordagi so‘zlarning ma’no nozikliklari, bu ma’noviy farqlanishlarni dalillovchi, ijobiy-salbiy bahosi hamda uslubiy o‘ziga xosliklarini ko‘rsatuvchi illyustrativ misollar o‘rin olgan. Lug‘atga faqat mustaqil so‘zlardan iborat sinonimik qatorlargina emas, balki yordamchi so‘z turkumlari doirasidagi sinonimik qatorlar ham kiritilgan.