Nashriyotning noyob sovg‘alari
Yangiliklar

Nashriyotning noyob sovg‘alari

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Million-million kitoblar chop etgan, kitoblariga quyoshni jo qilgan aziz maskan.

Nashriyot Surxondaryoga bir dunyo kitoblar sovg‘asini yubordi. Sariosiyo tumanidagi 45-maktabdagi Sirojiddin Sayyid kutubxonasiga! Nashriyotdagilar biladilar hayotda eng mо‘tabar sovg‘a kitobdir.

Bugun 45-maktab bag‘ri yana bir bor kitoblar yorug‘ligi bilan munavvar bо‘ldi. О‘qituvchilar, shoir va yozuvchilar, ota-onalar, jurnalistlar hozir bо‘lishdi.

Tadbirda О‘zbekiston xalq shoiri, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid sо‘zladi. Prezidentimiz kitobga, ilmga, bilimga, maktablarga, yoshlarga qanchalik g‘amxо‘rlik qilayotganlarini ta’kidladilar.

Nashriyot sovg‘alari nodir, noyob, yuksak san’at bilan ishlangan kitoblar. Navoiy hazratlari asarlari, Abdulla Qodiriy romanlari, Abdulla Qahhor hikoyalari, Amir Temur hayoti bilan bog‘liq romanlar, “Dunyo mamlakatlari” kitobi… barchasi bugungi yoshlar uchun suv bilan havodek zarur. 200 dan ortiq salmoqli asarlar.

Tadbirda shoirlar, yozuvchilar, ustozlar nashriyotga chin dildan minnatdorchilik bildirdilar. Qanchalab nashriyotlarning bunday savob ishini davom ettirishlari qayd qilindi.

Maktab direktori G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi rahbari Vahobjon Tо‘xtayevga ustozlar va yoshlarning tashakkurini aytdilar.

Tadbir nihoyatda mazmunli о‘tdi.

Mengnor Ollomurodov, О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyati bо‘limi rahbari.