INGLIZCHA-RUSCHA-О‘ZBEKCHA RASMLI LUG‘AT

Hurmatli dо‘stlar inson bilimini boyitishi barkamol rivojlanishi uchun albatta xorijiy tillarni bilishi zarur. Dunyoning anglash til vositasida bо‘ladi. Mazkur rasmli lug‘at nafaqat maktab litsey kollej о‘quvchilari yoki talabalar uchun balki rus va ingliz tillarini о‘rganishni niyat qilgan barcha kitobxonlar uchun mо‘ljallangan. Shu boisdan ham lug‘at internet materiallari chet ellik kо‘plab mashhur mualliflar asarlaridagi g‘oyalardan foydalanib […]
О‘zbek tili frazeologik lug‘ati

Tilning antroposentrik talqinida mental ong, tafakkur, idrok, madaniy munosabatlar muhim o‘rin tutadi. Frazeologizmlar ko‘chma ma’noga asoslangan lug‘aviy birliklar bo‘lib, frazeologik ma’no asrlar davomida til egasining lisoniy ongi, idrokiga bog‘liq ravishda shakllanib, sayqallanib boradi. Frazeologizmlar milliy tilning barcha ijtimoiy funksiyalarini, milliy qadriyatlarni qamrab oluvchi til birliklaridir. Ularni to‘plash, saqlab qolish, iste’mol doirasini kengaytirish milliy til taraqqiyotini […]
O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati

O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati. II jild / G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2022. Mazkur lug‘atda ilk marta ona tilimizning boyligi hisoblangan leksik sinonimlarning keng qamrovli leksikografik talqini amalga oshirildi. Lug‘atdan leksik sinonimlarning leksikografik izohlari, sinonimik qatordagi so‘zlarning ma’no nozikliklari, bu ma’noviy farqlanishlarni dalillovchi, ijobiy-salbiy bahosi hamda uslubiy o‘ziga xosliklarini ko‘rsatuvchi illyustrativ misollar […]
O‘zbek tilining izohli lug‘ati

Ushbu ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” uning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi. Lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng isteʼmolda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalarini, fan, texnika, sanʼat va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir necha shevada qo‘llanadigan so‘zlarni, baʼzi tarixiy va eskirgan atamalarni o‘z ichiga oladi. Lug‘atda berilgan […]