Ushbu ko‘p jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” uning lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida tayyorlangan dastlabki nashri hisoblanadi. Lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tilida keng isteʼmolda bo‘lgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalarini, fan, texnika, sanʼat va madaniyat sohalariga oid terminlarni, bir necha shevada qo‘llanadigan so‘zlarni, baʼzi tarixiy va eskirgan atamalarni o‘z ichiga oladi. Lug‘atda berilgan so‘zlarning amalda qo‘llanishi XX asr hamda XXI asrning dastlabki davri o‘zbek adabiyoti va matbuotidan olingan misollar bilan dalillangan. Lug‘at o‘zbek tilshunosligi va turkiyshunoslik bo‘yicha mutaxassislar, tarjimonlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oliy taʼlim muassasalarining o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek, keng o‘quvchilar ommasi uchun mo‘ljallangan.
Oldingi
Sirli xilqat
Yangiroq