Berta Davidova
Ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va uslubiy adabiyotlar

Berta Davidova

Berta Davidovaning hayoti va ijodi О‘zbekiston an’anaviy musiqa san’atining rivojlanish tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Uning kasbiy tarjimai holi Yunus Rajabiy rahbarligidagi ilk maqomchilar ansamblining tashkil topish tarixi bilan tutashgan. Maqom san’atining keng ommalashishi va maqomlarning ilk yakkaxon ayol ijrochisi nomi bilan bog‘liq. Ushbu nashrda Berta Davidova haqida О‘zbekistonning taniqli namoyandalari xalqimizning oqil shinavandalari, olimu fuzalolari tomonidan yozilgan esdaliklar, fikrlar, munosabatlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, hayoti va faoliyatiga oid nashrlar о‘rin olgan.