San’atga baxshida umr: Rixsi Ibrohimova
Ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va uslubiy adabiyotlar

San’atga baxshida umr: Rixsi Ibrohimova

О‘zbek milliy teatr san’ati о‘zining murakkab tarixiy rivojlanish yо‘lida kо‘plab buyuk siymolarni kashf etdi. Sahna san’ati kamolotiga о‘zining beqiyos hissasini qо‘shgan teatr darg‘alari qatorida О‘zbekiston xalq artisti Rixsi Ibrohimovaning ham о‘z о‘rni bor. О‘zbek Milliy akademik drama teatrida yaratgan turli xarakter va uslubdagi yuzlab obrazlari sabab el hurmati va ehtiromiga sazovor bо‘ldi, sahna fa­rishtasi, malikasi deya e’tirof etildi. U ijtimoiy hayotda ham faol bо‘ldi, uni sevgan va unga ishongan xalqi koriga yaradi. Shu ma’noda aktrisaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ushbu kitob yoshi va kasbidan qat’i nazar barchaga ibrat maktabi bо‘la olishiga shubha yо‘q.

Kitobdan madaniyat va san’at yо‘nalishidagi oliy va о‘rta maxsus о‘quv yurtlari talabalari о‘quv qо‘llanma sifatida foydalanishlari mumkin.