27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan korxonamizda tadbir bo‘lib o‘tdi.

Nuriddin aka Mahkamovich ko‘p yillik tajribaga ega, yuqori malakali mutaxassis sifatida mamlakatimiz matbaa sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning […]

Nuriddin aka Mahkamovich ko‘p yillik tajribaga ega, yuqori malakali mutaxassis sifatida mamlakatimiz matbaa sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Uning butun mehnat faoliyati matbaa-noshirchilik korxonalari bilan bog‘liq bo‘lib, bosma mahsulotlarini chop etish bo‘yicha barcha texnologik va ishlab chiqarish jarayonlarini puxta o‘zlashtirib, matbaachilik yo‘nalishi bo‘yicha barcha bosqichlarni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan.

Nuriddin akani ushbu yuksak mukofot – “Shuhrat” medali bilan muborakbod etamiz.

27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan ishchi-xodimlarni tabriklash hamda Nuriddin aka Mahkamovichni “Shuhrat” medali bilan muborakbod etish maqsadida korxonamizda tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan, og‘ir va sharafli mehnati bilan korxona tarixida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan faxriylarimizning xizmatlari alohida e’tirof etildi. Ular tomonidan yosh avlodga berib kelinayotgan saboq, kasbiy tajriba va ustozlik faoliyati yuksak baholandi. Shuningdek, o‘zining kasbiy mahorati va boy tajribasi bilan hamkasblari orasida hurmat qozongan,“Shuhrat” medali sohibi Nuriddin akaga qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

 

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni doirasida o‘tkazilgan bayram tadbiridan so‘ng, nashriyot-matbaa xodimlari uchun bayramona dasturxon yozildi. Ushbu ezgu tashabbus korxona jamoasi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, xodimlarga hurmat va e’tibor ko‘rsatish, shuningdek, bayram kayfiyatini yanada ko‘tarish maqsadida amalga oshirildi. Tayyorlangan bayram oshi ishchi-xodimlarga iliq muhitda, bayramona ruh bilan ulashildi.

Shu orqali korxonamizda jamoaviy birdamlik va mehr-oqibat ruhi yanada yorqin namoyon bo‘ldi.

Share:
Scroll to Top