Diqqat! Anonim soʻrovnoma.

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida korrupsiya holatlari toʻgʻrisida axborot toʻplash, bunday vaziyatlarni […]

Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida korrupsiya holatlari toʻgʻrisida axborot toʻplash, bunday vaziyatlarni aniqlash, barcha darajadagi xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini oʻrganish, maqsadida “Anonim soʻrovnoma” (savolnoma) ishlab chiqildi.

Farzandlarining kelajagiga befarq bо‘lmagan barcha yurtimiz fuqarolarini va albatta G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyining barcha xodimlarni https://forms.gle/r52VRpegX9bQWYKa8 havolasi orqali mazkur soʻrovnomada faol ishtirok etishlarini sо‘raymiz.

Soʻrovnomaning barcha natijalari anonim hisoblanadi va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha yanada samarali chora-tadbirlar belgilash uchun asos boʻladi.

Sizning fikringiz – tizimni yaxshilashga xizmat qiladi!

Share:
Scroll to Top