14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni

14-yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. 1993-yil 29-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb […]

14-yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. 1993-yil 29-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e’lon  qilingan.  Vatanni himoya qilish, uni ko’z qorachig’idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir.

Ushbu sharafli vazifani harbiylarimiz va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari amalga oshiradilar. Ularning kechani kecha, sovuqni sovuq demay yurt himoyasi, uning osoyishtaligi uchun qalqon bo’lishlari sabab bugun barchamiz tunlari  orom olib, kunduzlari xotirjammiz. Shu sababli ham ularni qancha ulug’lasak, qancha e’zozlasak shuncha oz.

G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uy  jamoasi mamlakatimizdagi barcha yigitlarni, harbiylarni va huquq-tartibot idoralari xodimlarini bayram bilan muborakbod etadi!

Share:
Scroll to Top