40 fazilat 40 razolat
Ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va uslubiy adabiyotlar

40 fazilat 40 razolat

О‘tmishda insoniyatga ustoz bо‘lgan Ahmad Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek, Alisher Navoiylar diniy ilmlarda ham, dunyo­viy ilmlarda ham yetuk shaxs bо‘lganlar. Ular mana shu ma’naviy quvvatlari ila olamni lol qoldirgan va insoniyatga manfaatli kashfiyotlar qilgan edilar.

Ushbu  kitob, ta’bir joiz bо‘lsa,  gо‘dak tasavvurining ilk shakl­lanish vaqtida dunyoviy hamda ru­honiy ilmlar ha­qida soddaroq, yengilroq tushunchalar berish uchun mо‘ljallan­gan. Kitobga turfa  suhbatlar, maqollar, rivoyatlar yaxshi fazilatlar va yomon illatlarga mazmunan mos ravishda kiritildiki, bu ham botiningizdagi axloq tushunchasiga bevosita dahl qilsa, ajab emas.