Gulliverning sayohatlari
Bolalar adabiyoti

Gulliverning sayohatlari

📖1726-yilda yaratilgan «Gulliverning sayohatlari» romani yozuvchi nomini butun dunyoga mashhur qildi. Adib yetuk, teran badiiy asarida oʻzi yashagan davrda keng tarqalgan ijtimoiy-siyosiy illatlar ustidan qattiq kuladi, yuqori tabaqaga mansub kishilar – rasmiy amaldor hayoti va turmushidagi mavjud nuqsonlar, boshqaruv-idora tartiblarida keng tarqalgan xushomadgoʻylik, laganbardorlik, bilimsizlik, oʻzga xalqlarni mensimaslik, bosqinchilik urushlarini avj olishi kabi noxush kamchiliklarni shafqatsiz fosh etadi.

📙Mazkur asar dunyodagi barcha madaniy xalqlar tillariga tarjima qilingan. Jahon mumtoz adabiyotining nodir namunalaridan biri hisoblanadi.