Qush qafasda qanot qoqmaydi
Badiiy adabiyotlar

Qush qafasda qanot qoqmaydi

Ushbu qissada atoqli adib va shoir, О‘zbekiston xalq yozuvchisi Shuhratning SHо‘ro qatag‘onining ikkinchi xuruji – 1950-yillar qatag‘on davridagi mashaqqatli hayoti aks etgan.

Yigirmanchi asrning elliginchi yillari boshida О‘zbekis­tonning bir qancha kо‘zga kо‘ringan adiblari hibsga olindi, ular maxfiy sud qilinib, uzoq muddatlarga surgunga jо‘natilgan edi. Ayanchli tomoni shundaki, hukm ham, surgun joyi ham maxfiy saqlangan, hech kimga aytilmagan edi. Istiqlol yillarida mazkur adiblarning shaxslari oqlanib, xizmatlari munosib taqdirlandi, hurmatlari rasman о‘rniga qо‘yildi. Har qanday og‘ir sharoitda ham о‘z e’tiqodiga sodiq qolib, insoniy burchini tо‘g‘ri bajarishga kuch topgan adibning hayoti avlodlarga ibrat bо‘ladi, deb umid qilamiz.