Qoraqalpoq kengliklarida
Badiiy adabiyotlar

Qoraqalpoq kengliklarida

Guliston Matyoqubova bir-biriga et va tirnoq bо‘lib ikki qondosh el – о‘zbek va qoraqalpoq adabiyotining vakili, aytish joizki, dardchil satrlarida shu ikki xalqning bir ildizdan oziqlanib kamolga yetgan serhosil shoxlar ekanini eslatib turuvchi fidoyi adiba, hassos shoiradir. Ijodkorning mazkur tо‘plamdan о‘rin olgan nasriy va nazmiy asarlari qarindosh xalqlarо‘rtasidagi mehr-oqibatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ona yurt deganda, chinakam vatanparvar inson faqat poytaxtu obod shaharlar, sharoitlari tо‘kis qо‘rg‘onlarni tushunmasligi, balki hali taraqqiyotu tamaddun yetib bormagan olis hududlarni ham ona diyorim deb sevmog‘i lozim. Guliston Matyoqubova qoraqalpoq zamini, Ust-yurt kengliklarini tarannum etgan asarlarida о‘quvchilar e’tiborini ana shunga qaratadi va ana shu muqaddas tuyg‘ular bilan yashashga undaydi.