Abrorlar hayrati
Ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy va uslubiy adabiyotlar

Abrorlar hayrati

Bir taniqli olim «agar hazrat Navoiy buyuk shoir, alloma, avliyo bо‘lmay, boshqa har qanday soha bilan shug‘ullanganida ham uning eng yuksak chо‘qqisini zabt etishi aniq edi», deb yozgandi. Darhaqiqat, ulug‘ bobomiz dahosi har qanday savolimizga javob topishimizga imkon beradi.

Shu ma’noda, akademik Abdulla A’zamning mazkur risolasida Navoiy ijodi va qarashlarining yangi qirralari kashf etilib, tadqiq qilinishi alohida e’tiborga molikdir. Undan о‘quvchi о‘zining Inson va Olam haqidagi azaliy savollariga qanoatlanarli javob topishiga ishonamiz. Aziz kitobxon! Sizga maroqli mutolaa va sirli kashflar tilab qolamiz.