G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi 2002-yil 10-aprelda “Yozuvchi” (1991), G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotlari (1957) hamda rangli matbaa fabrikasi (1946) negizida tashkil etilgan.
Ayni paytda nashriyot respublikamizning ko‘plab ijodiy tashkilotlari – yozuvchilar, shoirlar, bastakorlar, adabiyotshunoslar, san’atshunoslar, davlat va jamoat arboblari bilan yaqin hamkorlikda ish olib bormoqda.
Nashriyotda turli adabiyotlar – badiiy (o‘zbek, zamonaviy, mumtoz, xorijiy), ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, bolalar, qomusiy, tarixiy, ma’rifiy, diniy va boshqa bosma materiallar chop etiladi.