O‘zbek xalqining buyuk adabiyoti bor. Unda Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek ijodiyoti alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, uning sara asarlari yuz yilliklar chegarasidan o‘tib, hozir ham sevib o‘qilmoqda, tadqiqu tahlilga tortilmoqda. Mazkur kitobda o‘zbek she’riyatida simvolizm yo‘nalishida samarali ijod qilgan shoir Oybekning saylab olingan qator she’rlari hamda u haqidagi tadqiqotlar o‘rin olgan. Umid qilamizki, to‘plam haqiqiy adabiyot ixlosmandlariga qiziqarli, yosh tadqiqotchilar uchun esa muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
