Yangi yil arafasida nashriyot jamoasi tantanali tarzda taqdirlandi

2025 yil 29-dekabr kuni G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida kirib kelayotgan yangi 2026 yil munosabati bilan bayramona yig‘ilish bo‘lib […]

2025 yil 29-dekabr kuni G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyida kirib kelayotgan yangi 2026 yil munosabati bilan bayramona yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda nashriyot rahbariyati — direktor hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etib, jamoani yangi yil bilan samimiy muborakbod etdilar.

Rahbariyat tomonidan o‘tib borayotgan yil davomida nashriyot faoliyatiga munosib hissa qo‘shgan, o‘z xizmat vazifalarini mas’uliyat bilan bajargan xodimlarning mehnati alohida e’tirof etildi. Tadbir davomida fidokorona mehnati, tashabbuskorligi va kasbiy mahorati bilan ajralib turgan xodimlarga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi, shuningdek, barcha xodimlarga esdalik sovg‘alari ham taqdim etildi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan rahbariyat vakillari nashriyot jamoasining jipsligi, mehnatsevarligi va ijodiy salohiyatini alohida ta’kidlab, kelgusi yilda ham yangi marralarni egallash, nashriyot faoliyatini yanada rivojlantirish yo‘lida barchaga omad va zafarlar tiladilar.

Bayram tadbiri iliq va ko‘tarinki ruhda o‘tib, jamoa a’zolariga yangi yil arafasida katta motivatsiya, ezgu kayfiyat va kelajakka ishonch bag‘ishladi.

Share:
Scroll to Top