Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish
Badiiy adabiyotlar

Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish

Stiven Kingning siz, aziz kitobxonlarga ona tilimizda ilk bor taqdim etilayotgan «Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish» qissasida qamoqxona hayotining dahshatlari borasida so‘z yuritiladi. «Rita Xeyvort yoxud Shoushenkdan qochish» qissasi garchi Stiven King uslubiga xos bo‘lmagan noodatiy psi­xologik realizm yo‘nalishida yozilgan bo‘lsa-da, yozuvchining «shoh» asarlaridan biriga aylangan. O‘ngga evrilgan dahshatli tush… Umrbod qamoq jazosiga mahkum bo‘lgan bir begunohning taqdiri; tirik qolish amrimahol bo‘lgan yerda hayot uchun kurash; hali biron kimsa qochib qutulolmagan turmadan qochish haqidagi qissa…

Aziz o‘quvchi! Agar siz hali muallifning ijodi bi­lan tanish bo‘lmasangiz, ishoning, «Shoushenk…» mutolaasidan so‘ng hayotingizda, botiningizda evrilish paydo bo‘ladi.