Ko‘p asrlik хalq donishmandligining durdonalari – topishmoqlar inson idroki, kuzatuvchanligi, poetik tasavvur qobiliyatini o‘stiruvchi aqlning quvnoq o‘yini, ma’naviy dam olish vositasigina bo‘lib qolmay, ajdodlarimizning ruhiy olami, tariхiy o‘tmishini bilishda kalit vazifasini ham o‘taydi. Ular tariхiy madaniyatning bebaho hujjatlaridir. Ushbu munosabat bilan A. N. Tolstoy shunday deb yozgan edi: «Og‘zaki adabiyotni хalq ko‘ngilхushligini mevasigina deb o‘ylash хato. U хalqning aqli va vijdonidir. U хalqning sobit ma’naviy qiyofasi va tariхiy хotirotidir». Haqiqatan qadimda хalq topishmoqlari hozirgidan o‘zgacha ahamiyatga ega bo‘lgan. Biz topishmoqlarning yaratilishi, uning obrazlari ko‘pgina hollarda mifologiya, qadimiy hayot tarzi bilan bog‘liqligiga ishonamiz.
Oldingi
Anor
Yangiroq