“Bolalar kitob festivali” ning tantanali ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi
Yangiliklar

“Bolalar kitob festivali” ning tantanali ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi

“Dream Park” madaniyat va istirohat bog‘ida “Bolalar kitob festivali”ning tantanali ochilish marosimi bо‘lib о‘tdi.

AOKA, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, “Barkamol avlod” bolalar maktablari, О‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan “Beg‘ubor bolalik” shiori ostidagi  “Bolalar kitob festivali” bugun ish boshladi.

Kitob bayrami “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan bо‘lib, tadbirning ochilish marosimida tashkilotchi idoralar rahbarlari, bolalar adiblari, OAV va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda sо‘zga chiqqan Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva, Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijod markazi rahbari D.О‘rolov, yozuvchi-shoirlar Zikrilla Ne’mat, Dilshod Rajab, Orif Tо‘xtash bolalarning mahalliy va xorij adabiyotlari bilan tanishish uchun kо‘plab say-harakatlar amalga oshirilayotgani, sharoitlar yaratilayotganini, ulardan unumli va samarali foydalanish, barkamol avlodni tarbiyalashdagi muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlashdi.

Turli kо‘ngilochar dasturlar, bolalarning kuy-qо‘shiq ijrolari bilan о‘tgan tadbir barcha yig‘ilganlarga manzur bо‘ldi.

Eslatib о‘tamiz, kitob festivali 1 iyunga qadar davom etadi.