Buyuk sо‘z san’atkori, о‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qо‘shgan О‘zbekiston Xalq shoiri, taniqli jamoat arbobi, О‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi muallifi, О‘zbekiston Qahramoni, nodir iste’dod sohibi Abdulla Oripov haqida zamondoshlarining xotirasi bir necha qismdan iborat. Birinchi qismdan, asosan, shoir hayotligida yozilgan maqolalar, tadqiqotlar, kuzatishlar о‘rin olgan. Sо‘ngra shoirga atab bitilgan she’rlar, vafotidan keyin yozilgan marsiyalar, yodnomalar berilgan. Oxirgi qism shoir hayotligida va 2016 yil 5 noyabrdan keyin yozilgan xotiralar, esselar va maqolalardan tashkil topgan.
Oldingi
Temur Malik
Yangiroq