Yozuvchi Mamatqul Hazratqulovning ushbu kitobiga turli yillarda yozilgan asarlaridan namunalar saralab olindi. Ularda yoshlarning jо‘shqin muhabbati, visol lazzati-yu hijron iztiroblari, inson hayotida duch keladigan sinovlar, ularni yengib о‘tish yо‘llari haqida hikoya qilinadi.
Kitob avvalida adibning bolalik yillari, katta hayotga, jurnalistika va adabiyot olamiga kirib kelishidagi qiyinchiliklari tо‘g‘risida uning о‘zi bitgan sо‘zboshi berilgan.