Qiyomat
Badiiy adabiyotlar

Qiyomat

Qiyomat… Bu sо‘z butun og‘rig‘i bilan ongimizga ta’sir kо‘rsatadi. Chingiz Aytmatov nom bergan va Ibrohim G‘afurov tarjimasi bilan nashrga tayyorlangan mazkur kitobning ahamiyati xususida gap ketganda, asarning «Qiyomat» deb nomlanishida bir emas, bir nechta asos borligini ta’kidlash kerak. Chunonchi, Akbara bilan Toshchaynar timsolida bir juft bо‘ri va uning zurriyotlari qismatining fojeiy yakuni; ummatlariga baxt ato etish uchun kurashgan, alaloqibat aynan о‘sha baxt ulashmoqchi bо‘lganlar tomonidan rad etilgan hazrati Isoning chormixga tortilishi; о‘zlarini jamiyatni oldi kishilari deb bilgan, aslida esa ma’nan nopok kishilarga qarshi sо‘z aytgani uchun Mо‘yinqum dashtida daraxtga chormix qilib tortilgan Avdiy Kallistratovning fojiali о‘limi – bularning bari kitobxon qalbini larzaga solmay qо‘ymaydi.