Asarlari dunyoning 180 tiliga tarjima qilingan va turli millat vakillarini insonni ulug‘lashga chorlovchi qadriyatlar atrofida birlashtirgan yozuvchi ijodiga kitobxon xalqi qayta va qayta murojaat qilaveradi.
E’tiboringizga havola etilayotgan navbatdagi kitobga biz adibning “Erta qaytgan turnalar”, “О‘tar qush nolasi”, “Hayot-mamot” kabi qissa va hikoyalarini jamladik.
Asarlardagi qahramonlar taqdiri bir-biridan chigal, bir-biridan ziddiyatli, ayni vaqtda kitobxon bularning hech qaysisiga befarq qarolmaydi.
Jahon kitobxonlarining e’tirofiga sazovor bо‘lgan asarlar mutolaasi qalbingizda yangi dunyolarni ochishiga ishonchimiz komil.