“Bola bilan kapalak”
Bolalar adabiyoti

“Bola bilan kapalak”

Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tavsiya etadi:

Tuzuvchi va tarjimon Miraziz Aʼzam

Nashriyotimiz tomonidan 5 jilddan tashkil topgan “Jahon bolalar adabiyoti” seriyasi ostida chop etilgan bolalar adabiyotiga oid eng sara kitoblarni tavsiya etadi. Kitoblar jahon bolalar adabiyoti yozuvchisi va shoirlarning ertak, hikoya, sheʼr va boshqa koʻplab janrdagi asarlarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu kitobda Italiya bolalar adabiyotidan: Janni Rodari — sheʼrlar, Lyuchio Pizani — sheʼrlar. Bolgariya bolalar adabiyotidan: Ivan Vazov — sheʼrlar, Asen Bosev — sheʼrlar. Polsha bolalar adabiyotidan: Adam Miskevich — sheʼrlar, Yuliyan Tuvim — sheʼrlar, Yan Bjexva — sheʼrlar. Chexiya bolalar adabiyotidan: Vitezslav Nezval — sheʼrlar. Slovakiya bolalar adabiyotidan: Milan Rufus — sheʼrlar. Ruminiya bolalar adabiyotidan: Tudor Argezzi — sheʼrlari o‘rin olgan.