Akamning kitobi, Shamolning supurgisi
Bolalar adabiyoti

Akamning kitobi, Shamolning supurgisi

📖Sodiqjon Inoyatovning ushbu kitobida ham oʻzingiz bilgan va bilmagan qahramonliklarga favqulodda hodisalarga asarni oʻqib duch kelasiz. Yana oʻzingiz bilmagan holda qahramonlarga ergashib yer-u samoga sayohatga chiqasiz. Ishonmayapsizmi unda ushbu “akamning kitobi” sheʼriy tuhfasini oʻqib chiqing.

📖Oʻzbek bolalar adabiyotida boladay begʻubor va betakror, qushday erkin va yorugʻ sheʼrlari bilan oʻziga xos oʻrin tutadigan shoir Dilshod Rajab bolalar dunyosining shaffof manzaralarini sheʼrlarida oʻziga xos ifoda etib kelmoqda. SHoirning kichkintoylar uchun moʻljallangan ushbu “SHamolning supurgisi” kitobi ham bolalar maʼnaviyatini yana-da yuksaltirishi shubhasiz.