“Ayiq bilan olmaxon”
Bolalar adabiyoti

“Ayiq bilan olmaxon”

Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tavsiya etadi:

Tuzuvchi va tarjimon Miraziz Aʼzam

Nashriyotimiz tomonidan 5 jilddan tashkil topgan “Jahon bolalar adabiyoti” seriyasi ostida chop etilgan bolalar adabiyotiga oid eng sara kitoblarni tavsiya etadi. Kitoblar jahon bolalar adabiyoti yozuvchisi va shoirlarning ertak, hikoya, sheʼr va boshqa koʻplab janrdagi asarlarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu kitobda Amerika bolalar adabiyotidan: Mark Tven — hikoya, Doktor Syuz — sheʼrlar, Jon Chiadri — sheʼrlar. Chili bolalar adabiyotidan: Pabro Neruda — sheʼrlar. Fransiya bolalar adabiyotidan: Jak Prever — sheʼrlar, Raymon Keno — sheʼrlar. Belgiya bolalar adabiyotidan: Moris Karem — sheʼrlar. Germaniya bolalar adabiyotidan: Iogan Volfgang Gyote — balladalar, Bertold Brext — sheʼrlar, Jeyms Kryus — sheʼrlar, Manfred Shtroybel — sheʼrlari o‘rin olgan.