Eshqobil Shukur – Asr afsonalari, hikoyalar.
«Roman tо‘rt satr she’r kabi bо‘lishi kerak», deydi Robindranat Tagor. Alloma adibning fikrini dalillash uchun katta iste’dodli biror shoirning nasrini kо‘rish kifoya qiladi. She’rdagi taranglik, avj, sehr mazmun nasrga shakligina о‘zgarib kiradi xalos. Eshqobil Shukrning sо‘zi, ovozi, olam va odamni kо‘rish tarzi tanish va qadrdon.
Ushbu «Asr afsonalari» kitobiga jamlangan qissalari hikoyalar va badialari, о‘qirmani chin ma’noda afsonalar qariga tortadi. Ezgu niyati bilan elitadi. Ushbu afsonalar hayot va xayol kesimida vujudga kelgan.