«She’r shoirning yuragi yetib, aqli yetmagan nuqtalardan boshlanadi», degan edi shoir Matnazar Abdulhakim suhbatlardan birida.
Ustoz shoir har bir she’rda yurak yeta olgan Dardning mukammal badiiy qiyofasini yaratdi. O‘zi goh hazil, goh chin aytmoqchi ilhom parilari emas, ilhom devlarining nafasi bilan «Sen yo‘l bo‘yi yoqib tashlab ketaver Qashqirlar qo‘rqquvchi kitoblari-mni» deb yozdi.
Qalamini qitirlatmadi, so‘zlarni qiqirlatdi, yelib borayotgan dunyo ortidan qalamini halloslatmadi. Boriday yashadi, berilganiday yurak tegirmonidan o‘tkazdi har bitta So‘zni.
Shu bois shoir she’rlari tomir-tomirimizga xos hislari-mizday chaqnab-charaqlab kirib keladi.
20292 UZS.