📖Antuan de Sent-Ekzyuperining asarlari dunyoning 200 tiliga tarjima qilingan. Jumladan, uning “Kichkina shahzoda” asari Xayriddin Sultonov tomonidan va “Istehkom” qissasidan parcha Abdugʻofur Qosimov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
📝Antuan de Sent-Ekzyuperi – XX asr fransuz adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, mohir uchuvchi, shoir va yozuvchi, yosh-u qarining sevimli asari “Kichkina shahzoda”ning muallifi. “Uchuvchi” (1926), “Janubga xat” (1929), “Tungi parvoz” (1931), “Bashar sayyorasi” (1939), “Harbiy uchuvchi” (1942), “Istehkom” (1948), “Yoshlik maktublari” (1953) kabi asarlar Antuan de Sent-Ekzyuperining qalamiga mansubdir.