«BOʻRIXON» Yigirmanchi asr sharpalari yoxud toj kiygan oʻgʻriboshilar. Nabi Jalollidin.
Taniqli yozuvchi Nabi Jaloliddinning ushbu yangicha ruh va yo‘nalishdagi romani uch kitobdan iborat. Asar voqealari o‘tgan asrning 20-yillaridan 2015-yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga qamrab oladi. Milliy ozodlik uchun kurash lavhalari, Afg‘on urushidan tortib, mafiya darg‘alari bilan “vor v zakone” larning o‘zaro to‘qnashuvlari aks etgan mazkur roman o‘quvchilarga manzur bo‘ladi, degan umiddamiz.