О‘tmishda insoniyatga ustoz bо‘lgan Ahmad Farg‘oniy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek, Alisher Navoiylar diniy ilmlarda ham, dunyoviy ilmlarda ham yetuk shaxs bо‘lganlar. Ular mana shu ma’naviy quvvatlari ila olamni lol qoldirgan va insoniyatga manfaatli kashfiyotlar qilgan edilar.
Ushbu kitob, ta’bir joiz bо‘lsa, gо‘dak tasavvurining ilk shakllanish vaqtida dunyoviy hamda ruhoniy ilmlar haqida soddaroq, yengilroq tushunchalar berish uchun mо‘ljallangan. Kitobga turfa suhbatlar, maqollar, rivoyatlar yaxshi fazilatlar va yomon illatlarga mazmunan mos ravishda kiritildiki, bu ham botiningizdagi axloq tushunchasiga bevosita dahl qilsa, ajab emas.