Bugungi kunda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi o‘zbek va xorijiy tillarda tasviriy san’at mahsulotlari, fotoalbomlar, bukletlar, prospektlar, kalendarlar, plakatlar, ko‘rgazmali qurollar, etiketkalar chop etish va tarqatish, reklama faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Nashriyot turli xil bosma mahsulotlarni chop etish va realizatsiya qilish, yuridik hamda jismoniy shaxslarga matbaachilik xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish orqali o‘z faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan.
Bular barchasidan tashqari, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi:
- oliy o‘quv yurtlari
- akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
- umumiy o‘rta ta’lim maktablari
uchun milliy madaniy meros, adabiyot, san’at, musiqaга aloqador fanlar bo‘yicha darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni chop etib kelmoqda.
